Og’iz hidlanishi

Og’iz hidlanishi – ayrim kasalliklarning belgisi. Ko’pincha tish, milk, burun-halqum, qizilo’ngach, me’da va o’pka kasalliklarida kuzatiladi. Ba’zan Og’iz hidlanishi qandli diabet, nefrit va ichki a’zolarning boshqa kasalliklari belgisi bo’lishi ham mumkin. Tish eliksiri va losonlar yordamida Og’iz hidlanishini vaqtincha yo’qotsa bo’ladi, lekin, albatta, mutaxassis vrachga murojat etish lozim. Og’iz hidlanishining oldini olish ovqatdan keyin og’izni chayish, tish va tish protezlarini tozalab yuvib turish, shuningdek, og’iz bo’shlig’ini sog’lom saqlash, tish vrachi ko’rsatmalariga puxta amal qilish, me’da-ichak kasalliklarini o’z vaqtida davolatishdan iborat.