Oqdaryo
Oqdaryo — Zarafshon daryosining ikki yirik tarmog’idan biri. Samarqand shahridan 7 kilometr quyida, Cho’ponota tepaligi yaqinida, Zarafshon ikkiga — Oqdaryo va Qoradaryoga ajraladi. Xatirchi qishlog’i yonida yana birlashadi. Oqdaryoning uzunligi 131 kilometr, suv sarfi 230 m3/sek. (Samarqand gidrouzelida). Oqdaryodan yigirmadan ortiq ariq suv oladi. Shundan o’ng sohilida (Qurbonobod uzunligi 9,6 kilometr, Yangikent 34 kilometr va boshqalar), 9 tasi chap sohilda (Shaxob — 17 kilometr, G’azara — 26,8 kilometr, Chelak — 9 kilometr va boshqalar). Bu kanallar orqali Payariq, Ishtixon va Xatirchi tumanlaridagi xo’jaliklar yerlari sug’oriladi.