Oqsoy
Oqsoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasidagi Qoratepa tog’ining shimoliy yon bag’ridan boshlanib, shimoliy-sharqqa oqadi. Uzunligi 26 kilometr, havzasining maydoni 25,6 km2. Bosh qismida Eriko’l deb ataladi. Islomtepa yaqinida Qoradaryoga quyiladi. O’rtacha yillik suv sarfi 0,31 m3/sek., oqim moduli 12 l/sek, km2. Suvning asosiy qismi erta bahorda o’tadi. Bahor va yoz boshlarida soydan sel keladi. Oqsoy vodiysida yaylovlar bor.