Valiahd
Valiahd (Arabcha— toju taxt merosxo’ri. voris) — podshoh yoki xonning tiriklik chog’ida o’z xohishi yoxud kasalligi tufayli o’z o’rniga tayin qilgan shaxs. Valiahd uning o’g’li yoki boshqa bir kishi ham bo’lishi mumkin. Valiahd podshoh yoki xonning qaroridan keyin maxsus davlat kengashida (unda sayyidlar, nufuzli Amir va mansabdorlar, podshoh yoki xonning balog’atga etgan yaqin qarindoshlari qatnashgan) tasdiqlangan. Chingizxon va Amir Temur zamonida Valiahd tayinlashda ularning yoshiga emas, balki davlatni boshqara olish qobiliyatiga e’tibor berilgan. Masalan, Amir Temur ham o’g’illari Mironshoh va Shohruxni emas, balki nabirasi Muhammad Sultonni, u vafot etgach, Mirzo Jahongirning o’g’li Pirmuhammadni Valiahd qilib tayinlagan edi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar zamonida (16-17-asrlar) xon xonadoniga mansub yoshi ulug’ kishilargina Valiahdlikka tayinlangan.