Valent zona

Valent zona — qattiq jismdagi valent elektronlar bilan to’lgan ruxsat etilgan elektron holatlarning eng yuqori sohasi. Yarimo’tkazgichlarda temperatura T=OK da valent zona butunlay to’lgan bo’ladi. Ushbu holda valent zonadagi elektronlar tashqi maydonlar ta’sirida paydo bo’ladigan elektr o’tkazuvchanlik va boshqa kinetik effektlarda ishtirok etmaydi. T*OK temperaturada (T temperatura o K ga teng bo’lmaganda) zaryad tashuvchilarning issiqlik generasiyasi yuz beradi va natijada elektronlarning bir qismi o’tkazuvchanlik zonasiga yoki ta’qiqlangan zonadagi kirishma sathlariga o’tadi. Bunda valent zonada kovaklar hosil bo’ladi va elektr toki hosil qilishda ishtirok etadi. Valent zona tushunchasi yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasida qo’llaniladi.