Vaqt normasi

Vaqt normasi — tegishli malakaga ega bo’lgan ishchilar yakka yoki guruh tarkibida muayyan tashkiliy-texnologik sharoitlarda ma’lum hajmdagi ishni bajarish yoki mahsulot birligini tayyorlashi uchun zarur bo’lgan vaqt; kishi-soatlarda hisoblanadi. Vaqt normasi injenerlik hisoblari asosida va xronometrajda o’lchab aniqlanadi. Uning tarkibiga ish vaqtining normalanadigan unsurlari: asosiy, yordamchi, tashkiliy xizmatlar; texnika xizmati; dam olish va tabiiy ehtiyojlar uchun ketadigan vaqt; texnologik va tashkiliy sabablar bilan bog’liq tanaffus vaqtlari kiradi. Texnikaviy jihatdan asoslangan Vaqt normasini ishlab chiqish va uni joriy etish ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil qilishning zaruriy shartidir.