Vankuver

Vankuver — shimoliy Amerikaning g’arbiy qirg’og’i yaqinidagi orol. Kanadaga qarashli. Maydoni 32,2 ming km2. Yirik shahri va porti — Viktoriya. Vankuver quyi mezozoyda vujudga kelgan. Relefi tog’li, balandlii 2200 metrgacha. Temir rudasi, tosh-ko’mir va boshqa foydali qazilmalar bor. G’arbiy qirg’oqlarida Ford ko’p. Iqpimi mo»tadil, dengiz iqlimi. 2000 mm gacha yog’in yog’adi. Igna bargli va keng bargli o’rmonlar bor. Orolda Pasifik — Rim milliy parki joylashgan. Baliq ovlash va o’rmonchilik rivojlangan. Vankuver uni kashf etgan ingliz dengizchisi J. Vankuver (1758-98) nomiga qo’yilgan.