Valyuta jinoyatlari

Valyuta jinoyatlari – valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish, o’tkazish, korxona, muassasa va tashkilotlarda valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan valyuta boyliklarini yashirish, mazkur operasiyalarni bajarish tartibini buzish bilan bog’liq jinoyatlar. O’zbekistonda amaldagi qonunlarga binoan mazkur jinoyatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan (O’zR MJK 170-171-moddalar, O’zR JK 177-178-moddalar). Masalan, O’zbekiston so’miga almashtirish; tovarlar bilan ayirboshlash; qarzga olish, to’lov vositasi sifatida, har qanday jinoiy va hokazo yo’llar bilan olingan; shuningdek o’zida yoki o’zidagi boshqa birovga tegishli bo’lib, to’lov vositasi sifatida. Almashtirish orqali, qarzga berish, sudxo’rlik to’lovi sifatida va hokazo yo’llar bilan birovning tasarrufiga o’tkazilgan valyuta boyliklari miqdoriga qarab, tegishli jazo choralari belgilangan. O’zbekiston Respublikasida valyuta yakka hukmronligi o’rnatilgan bo’lib, unga ko’ra valyuta boyliklarini sotib olish, sotish va almashtirish uning hududida Markaziy bank va boshqa vakil qilingan banklarning favqulodda vakolatiga tegishlidir.