Vahobova O’ktam Karimovna

Vahobova O’ktam Karimovna (1928.25.10, Marg’ilon) — terapevt-kardiolog. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980); tibbiyot fanlari Doktori (1972), professor (1973). Samarqand davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1973 yildan), institut prorektori (1961 — 66), rektori (1966-81), 1987 yildan terapiya kafedrasi mudiri. Toshkent davlat tibbiyot instituti prorektori (1982— 86). Ilmiy ishlari yurak-tomir kasalliklari: yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya va aterosklerozning epidemiologiyasi, klinikasi va zamonaviy davolash usullari, shuningdek uglevodlar va lipidlar almashinuvining biokimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlashga oid. «El-yurt xurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).