Valyuta rezervlari

Valyuta rezervlari — markaziy bank va moliya organlari yoki xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari ixtiyoridagi chet el valyutalarining rasmiy zahiralari. Aksariyat hollarda xalqaro to’lovlar, kutilmagan hodisalar, daromad topish va valyuta bozoring tartibga solish maqsadlarida tashkil etiladi. Chet el valyutalari bilan bir qatorda oltin, xalqaro to’lov vositalari (Yevro, SDR), mamlakatning xalqaro valyuta fondidagi rezerv zaxiralari Valyuta rezervlari bo’lishi mumkin. 1990-yillarda Valyuta rezervlarining 70% sanoati rivojlangan davlatlarga tug’ri keldi. Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo’lgan mamlakatlarning Valyuta rezervlaridagi ulushi 0,8 trillion dollarni tashkil etdi (uning 3/4 qismini oltin va chet el valyutasi tashkil etdi).