Vankuver
Vankuver — Kanadaning Janubi- g’arbidagi shahar, Britaniya Kolumbiyasi provintsiyasida. Aholisi 472 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni, xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo-moliya markazi. Vankuver Provintsiyada ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining qariyb yarmini beradi. Kanadaning tinch okean sohilidagi eng yirik porti. Vankuver orqali chetga bug’doy, o’rmon mahsulotlari, baliq va rangli metallar chiqariladi. Yog’ochsozlik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, metallsozlik, kemasozlik sanoatlari rivojlangan. O’rmon, kon va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar ishlab chiqariladi. Universitet, konchilik muzeyi bor. Shaharga 1886 yilda asos solingan va ingliz dengiz sayyohi J. Vankuver nomi bilan atalgan.