Vokalizatsiya
Vokalizatsiya — unli tovushlarda kuylash; vokal musiqaning asosiy badiiy (ifodaviy) usullaridan. So’z bo’g’inini ikki va undan ortiq tovushlarda kuylash Vokalizatsiyaning eng oddiy xilidir. Boshidan oxirigacha biron-bir so’zning bo’g’inlari kuylanadigan asarlar ham uchraydi. Masalan, «Alliluyya» (V. Mosart), «Madhiya» (M. Glinkaning «Ivan Susanin» operasi epilogida). Vokalizatsiya xalq (xususan o’zbek) musiqa ijodida ham mavjud.