Volkov Aleksandr Nikolayevich

Volkov Aleksandr Nikolayevich (1886.19.8, Farg’ona -1957.17.12, Toshkent) — O’zbekistan xalq rassomi (1946). Toshkent rassomlik bilim yurtida o’qituvchi (1919-46). Ijodini rangtasvir asarlar chizish bilan boshlagan («Anorli choyxona», 1924, Tretyakov galereyasida), «tuyalar sahroda», «sozandalar», «ona», «qozoq qizi» (hammasi -1926, Moskvada, rassomning oilasida), «terimchi qizlar» (1932, Tretyakov galereyasida), «temirchining ustaxonasi» (1929), «Shohimardonda tush payti» (1933, ikkalasi Arxangelsk tasviriy san’at muzeyida) asarlarida O’zbekistan manzaralari va kishilarini gavdalantirgan. Asarlarida milliy xarakter, mehnatsevarlik, hayot shavqi aks ettirilgan («brigadaning dalaga chiqishi», 1932-33; «yo’lsizlikka hujum», 1932— 34, ikkalasi Qoraqalpog’iston san’at muzeyida; «ekskavatorlarni yig’ish», 1935, O’zbekiston san’at muzeyida). Manzaralar (Farg’ona ko’rinishlari aks ettirilgan «tog’qishlog’i» turkumi, 1926-27), portretlar (Hamza, 1946-56, Qoraqalpog’iston san’at muzeyida; avtoportretlar, 1934, 1944, O’zbekiston san’at muzeyida), natyurmortlar («dala gullari», 1955, O’zbekiston san’at muzeyida) ham yaratgan. A. Volkov. «Avtoportret» (1939).