Vodorod termometri, gaz termometri
Vodorod termometri, gaz termometri — ishi gaz (masalan, vodorod) ning bosimi temperaturaga bog’liqligiga asoslangan temperatura o’lchash asbobi. Temperaturani o’lchash uchun ichiga vodorod (yoki geliy, azot) to’ldirilgan ballon (kapillyar orqali manometrta tutashtirilgan) temperaturasi o’lchanadigan muhitga joylashtiriladi. O’lchangan gaz hajmi yoki bosimi qiymatini uning holat tenglamasip qo’yib, temperatura hisoblab chiqiladi.