Vokal musiqa

Vokal musiqa – kuylash uchun mo’ljallangan musiqa. Vokal musiqaga yakka, ansambl hamda xor tarzida, shuningdek musiqa cholg’ulari jo’rligida yoki umuman jo’rsiz (masalan, katta ashula, a kapella xorlari kabi) ijro etiladigai asarlar kiradi. Barcha turlarida xonanda ovozi yetakchi o’rin tutadi. Vokal musiqa, asosan, badiiy matn (she’riyat) bilan bog’liq. Shu bilan birga so’zsiz ijro etiladigan vokaliz ham Vokal musiqadir.