Vvedenskiy Dmitriy Alekseyevich

Vvedenskiy Dmitriy Alekseyevich 11887.3(6).1-1956.11.9] — urolog; O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1947), professor (1934), tibbiyot fanlari Doktori (1942). Moskva universitetini tugatgan (1911). O’rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti urologiya kafedrasi professor (1934— 56). Urologiyaning turli sohalarida, xususan siydik yo’llari kasalliklarini aniqlashda rentgen nurlaridan foydalanish, jarrohlik yo’li bilan davolash usulini takomillashtirish ustida tadqiqotlar olib borgan.