Veranda
Veranda (Fransuzcha veranda)— binoga yopishtirib solingan yozgi (sun’iy isitilmaydigan) qurilma; yon tomonlari ochiq yoki oynabandli yupqa devor bilan to’silgan bo’ladi. Veranda, odatda, bir, ba’zida ikki qavatli (bino qavatiga qarab) bo’lib, sanatoriy, dam olish uylari, bolalar bog’chalari, Janubdagi uy-joy va boshqa binolarda keng qo’llanilib, yozda xonani quyoshdan saqlash va hordiq chiqarish joyi sifatida foydalaniladi. O’rta Osiyo va Sharq me’morligida tarqalgan ayvonning bir turi.