Vilson (Uilson; Wilson) Garold
Vilson (Uilson; Wilson) Garold (1916.11.3, Xaddersfild shahri, Yorkshir — 1995) — Buyuk Britaniya bosh vaziri (1964-70, 1974-76). Leyboristlar partiyasining rahbarlaridan (1963— 76). Vilson hukumati tashqi siyosat sohasida AQSh bilan harbiy-siyosiy ittifoqni saqlash va mustahkamlash, NATO harbiy blokini kuchaytirish yo’lidan borgan. Vilson iqtisod masalalari bo’yicha bir qancha ilmiy asarlar yozgan.