Visotskiy Vladimir Semyonovich
Visotskiy Vladimir Semyonovich (1938.25.1 – Moskva – 1980.25.7) -rus aktyori, shoir, qo’shiqlar muallifi va ijrochisi. Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964-1980). 30 ga yaqin filmlarda suratga tushgan. Visotskiy ijodida 400 dan ortiq qo’shiqlar mavjud: kulgili va hajviy, lirik qo’shiqlar, romantik balladalar va hokazolar. Ayniqsa, uning qudratli zavq va haqqoniyat tuyg’usi bilan yo’g’rilgan, kuchli ichki hissiyot va zo’r ehtiros ila ijro etilgan fojiali asarlari mashhur. Visotskiy bir necha bor O’zbekistonda bo’lgan va Toshkent, Navoiy, Chirchiq kabi shaharlarda kontsert bergan (1973, 1979).