Videman effekti
Videman effekti – elektroni oqayotgan ferromagnit sterjenni bo’ylama magnit maydoniga joylashtirilganda unda buralish deformatsiyasining hosil bo’lishi. 1858 yilda nemis fizigi G. Videman ochgan. Videman effekti — bo’ylama magnit maydoni va elektr toki hosil qilgan aylanma magnit maydoni qo’shilishidan hosil bo’lgan maydonda magnshpostriktsiya ko’rinishlaridan biri. Agar elektr toki (yoki magnit maydoni) o’zgaruvchan bo’lsa, sterjenda aylanma tebranish paydo bo’ladi.