Vibromaydon

Vibromaydon — qurilish maydonlari va zavodlar sharoitida beton va temir-beton buyumlar (masalan, bloklar, plitalar, devor panellari, ko’p g’ovakli to’shamalar, ko’priklarning qulochlari elementlari) tayyorlashda beton qorishmalarni zichlovchi titrama mashina. Tebranish tarziga ko’ra doiraviy, vertikal, gorizontal yo’nalishda titraydigan va zarbiy xillarga, tuzilishiga ko’ra romli va blokli xillarga bo’linadi. Titrashlar Vibromaydondan unga mahkamlangan, ichiga beton qorishmasi solingan qolipga uzatiladi. Qolip Vibromaydonga elektromagnit, pnevmatik, gidravlik yoki mexanik qisuvchi moslamalar bilan mahkamlanadi.