Vvedenskiy Nikolay Yevgenevich
Vvedenskiy Nikolay Yevgenevich [1852.16(28).4 – 1922.16.9] – rus fiziologi, I. M. Sechenovning shogirdi. Peterburg Fanlar Akademiyasi akademik (1909). Ilmiy tadqiqotlari hayvon to’qimalarining har xil ta’sirotga javobini tekshirishga bag’ishlangan. Vvedenskiy tirik sistema faqat ta’sirotlar ta’sirida o’zgarib qolmasdan, balki o’z faoliyati jarayonida ham o’zgarishi mumkin degan xulosaga kelgan; bu bilan birinchi bo’lib fiziologiyaga «vaqt omili» tushunchasini kiritgan. Vvedenskiy nerv-muskul apparatini nerv tolalari, nerv uchlari va muskullardan tashkil topgan turli qismlari har xil harakatchanlikka ega bo’lgan hosila deb qaragan. Parabioz tug’risidagi ta’limotga asos solgan.