Vasyugan tekisligi, vas yugane
Vasyugan tekisligi, vas yugane — G’arbiy Sibir pasttekisligi Janubdagi ko’l-botqoqli ulkan tekislik. Vasyugan tekisligini katta yugan, Vasyugan daryolari va boshqalar. Daryo vodiylari kesib o’tgan. G’arb va Janubi-g’arbda Irtish, shimol va shimoli-sharqda ob vodiylariga tutashgan, Janubi Baraba dashtiga qo’shilib ketgan. Yer yuzasi yassi, bir oz do’ngli bo’lib, qum, gil va qumoqlardan tuzilgan, usti torf bilan qoplangan. O’rtacha balandligi 100 metr, eng baland joyi 166 metr. Suvayirg’ichlar vodiylardan atigi 40-60 metr ko’tarilib turadi. Botqoqliklar o’rmon bilan qoplangan. Neft va gaz konlari bor.