Vard

Vard (sug’diycha — buta, shox-shabba) — dare o’zanlari va ulardan boshlangan yiik tarmoqlar oqimini to’sib, kanallarga suv chiqarishda foydalaniladigan shox-shabba o’rami. Vard atamasi Xorazmda «navard», Zarafshon vodiysida «navola», Farg’ona vodiysida «o’luk», Chirchiq hamda Sirdaryo vohalarida esa «qorabura» shakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar «shox-shabba o’rami» ma’nosini anglatib, ulardan suv xo’jaligida qadimdan keng foydalanib kelingan. Vardlar, orasi tosh, chim va shag’al bilan to’ldirilgan tsilindr shaklidagi shox- shabba va qamish o’rami bo’lib, yulg’un navdalaridan eshilgan belbog’lar bilan uch yoki to’rt yeridan mahkam bog’lab yasalgan. Manbalarda ta’riflanishicha, Vardlar o’ramining aylanasi 3-4 kishining quchog’iga teng bo’lib, og’irligi 50 kilogrammdan 2-3 tonnagacha yetgan. Muhammad Yusuffayonmmning yozishicha, Amudaryoning yirik tarmoqlari: Chumanoy, Changlibosuv va Tersoqar o’zanlarini bog’lash uchun tashlangan har bir navardning uzunligi 60 gaz, aylanasi 20-30 gazga yaqin bo’lgan. Navard yoki qoraburalardan bosh to’g’onlarni qurishdan tortib, qirg’oqlarning suv o’pirib ketgan joylarini tiklashgacha bo’lgan ishlarda keng foydalanilgan. Chunki ular irrigaysiya xo’jaligi uchun texnikaviy jihatdan juda qulay va suvga chidamli uskuna hisoblangan. Ad:. Muhammadjonov A., O’zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari, T., 1997.