Vlasova Nina Aleksandrovna
Vlasova Nina Aleksandrovna (1930.5.5, Voronej viloyati, Rossiya Federatsiyasi) — biolog-botanik. O’zbekistan Fanlar Akademiyasi akademik (2000), biologiya fanlari Doktori (1975). O’rta Osiyo universitetining biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tamomlagan (1951). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simliklar eksperimental biologiyasi institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1957-82), paxta tolasining rivojlanish biologiyasi laboratoriyasi rahbari (1982-95). Ilmiy ishlari selektsiya maqsadlarida turli genomli guza navlarini embriologik, tsitologik va anatomik tadqiq etish, chigitda tola va tuklarning hosil bo’lishi va rivojlanishi masalalariga bag’ishlangan.