Vladimir — suzdal knyazligi

Vladimir — suzdal knyazligi — shimoliy-Sharqiy Rusdagi yirik qadimgi rus davlati. 10-12-asr o’rtalarida Kiyev Rusi tarkibidagi Rostov-Suzdal udel knyazligi bo’lgan. Poytaxtlari — Rostov, Suzdal, 12-asr o’rtalaridan ulug’ knyazlik. Poytaxti — Klyazma daryosi bo’yidagi Vladimir shahri (1157). Mo’g’ullar tomonidan 1238 yil vayron qilingan. Vladimirning ulug’ knyazi unvoni 13-14 yillarda shimoliy-Sharqiy Rusda bosh unvon sanalgan. Vladimir — suzdal knyazligi yerlari rus davlati tarkibiga kirgan.