Volga-boltiq suv yo’li
Volga-boltiq suv yo’li (sobiq Mariya suv yo’li) — Volga daryosini Boltiq dengizi, oq dengiz — Boltiq kanali orqali esa oq dengiz bilan bog’lovchi sun’iy suv yo’li. Cherepoves shahrigacha Ribinsk suv omboridan, Kovja daryosi, Mariya kanali, Vitegra daryosi, Onega kanali, Svir daryosi, Ladoga ko’li va Neva daryosi orqali o’tadi. Mariya suv tarmog’i 19-asr boshlarida kurilgan. 1964 yilda tubdan qayta qurilgan va Volga-boltiq suv yo’li nomini olgan. Umumiy uzunligi 1100 kilometr. Eng sayoz joyi 4 metr. 5000 tonnagacha sig’imli kemalar qatnoviga mo’ljallangan.