Volframatlar

Volframatlar — volframat kislotalarning tuzlari. Volframatlar normal (tarkibida WO42″ ioni bo’lgan oddiy Volframatlar, monovolframatlar), izopolivolframatlar (izopolivolframat kislotalarning tuzlari), polivolframatlar (tarkibida \Upoz~+1 ioni bo’lgan Volframatlar) va geteropolivolframatlar (geteropolivolframat kislotalarning tuzlari) ga bo’linadi. Oksidlanish darajasi + 1 va +3 ga, goho +2 (sa, Sr, va, R)ga teng bo’lgan metall monovolframatlarning strukturasiga WO4 tetraedrlari kiradi. Ishqoriy metallar, magniy va talliy (I)-monovolframatlar suvda yaxshi eriydi; eritmalaridan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi. Monovolframatlar metall tuzlari eritmalariga ishqoriy metallar Volframatlarini ta’sir ettirib yoki stexiometrik miqdordagi metall oksidlari WO3 bilan birga 600— 800° da qizdirib olinadi. Tabiatda monovolframatlar sheellit CaWO4, volframit (Fe, Mn) WO4 va boshqa minerallar ko’rinishida uchraydi. Monovolframatlarga 600-800° da WO3 ta’sir ettirilsa polivolframatlar hosil bo’ladi. Monovolframatlar eritmalaridagi \UO42~anionlarining kislotali muhitda polikondensasiyalanishi natijasida izopolivolframatlarning anionlari hosil bo’ladi. Ishqoriy metallar Volframatlar va silikat, fosfat, arsenat yoki borat kislotalarning tuzlaridan tashkil topgan eritmalarda kislotali muhitda Geterovolframatlarning kompleks anionlari, masalan, [x(W3Ol0)J (8-p) hosil bo’ladi. Bu yerda x—Si, P, As, Bi, p—oksidlanish darajasi. Geterovolframatlar eritmalardan kristallogidratlar holida ajralib chiqadi, masalan, K3[P(W3O,0)4]- 4H2O. Kaliy va natriy monovolfra- matlari volfram bronzalari ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Magniy, kadmiy va rux monovolframatlari — lyuminoforlar ishqoriy metallar va nodir elementlarning qo’sh Volframatlar tarkibiga kiradi. Ba3WO6 termokatodlar tayyorlashda, kadmiy va terbiy monovolframatlari lazer materiali sifatida ishlatiladi.