ABSENTEIZM
ABSENTEIZM (lot. absentia – qatnashmaslik, bosh tortish) — saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig’ilishlarda va hokazolarda qatnashishdan bosh tortishi; aholining o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. Absenteizm saylov tizimi nodemokratik ko’rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli; U quyidagi sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin: shaxsda siyosiy madaniyat yetarlicha shakllanmagani; guruhga mansublik hissining yo’qotilishi yoki umuman bo’lmaganligi; siyosiy institutlarga ishonchsizlikning nihoyatda kuchliligi; hokimiyatga ta‘sir eta olmaslik hissi; hayotdan mamnunlik. Ya’ni absenteizm hayotning ijtimoiysiyosiy sharoitlaridan o’ta darajada qoniqmaslik yoki o’ta qoniqish natijasi bo’la oladi. Shunga ko’ra u hokimiyat ijtimoiy madaddan maxrumligini yoki siyosiy barqarorlikni anglatishi mumkin.