Agrar-sanoat kompleksi nimani anglatishini bilasizmi
Agrar-sanoat kompleksi nimani anglatishini bilasizmi – agrar-sanoat (agrosanoat) kompleksi (ASK) mamlakat xalq xo’jaligi (milliy iqtisodiyot)da oziq-ovqat va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, aholining oziq-ovqat va boshqa xalq iste’moli tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo’jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari (texnika, mashinalar, o’g’itlar va boshqalar) ishlab chiqarish va unga xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar majmuidir.


