Agrotexnika

Agrotexnika — ekinlarni parvarishlash, ulardan yuqori va sifatli hosil olish usullarining majmui. Yerni haydash, tekislash, boronalash va ekishga tayyorlashning boshqa usullari, ugitlash, sugorish, urugni ekishga tayyorlash (saralash, dorilash, ivitish va b.), ekish va hosil yigib-terib olinguncha osimlikni parvarish qilish ishlari agrotexnika usullaridandir. 5 Agrotexnikaga almashlab ekishni joriy qilish, osimlik qoldiqlarini daladan yigishtirib olish, kuzgi shudgorlash, yaxob berish, sifatli ururlik tanlash, ekish sxemalarini togri qollash, kochatlarnnng normal qalinlikda bolishiga erishish, ogitlardan togri foydalanish, ekinni qat’iy rejim boyicha sugorish, osimlikning ildiz sistemasini zararlantirmaslik, ekinzorlarni begona otlardan toza tutish, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlarni ekish va h.k. ham kiradi.