AKTIV
AKTIV (faol, faollar) — biror jamoa, muassasa, organ, jamoat birlashmasining ichki hayotida va ishlarida ishtirok etuvchi eng ishchan shaxslar guruhini, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga, davlat hokimiyati organlariga, deputatlar va mansabdor shaxslarga ularning vazifalarini amalga oshirishda ixtiyoriylik asosida (shaxsan yoki har xil jamoatchilik kengashlari, komissiyalar, qo‗mitalar, tashabbuskor guruhlar va h.k. tarkibida) ko’maklashuvchi fuqarolarni ifodalash uchun konstitutsiyaviy-siyosiy amaliyotda qo’llaniladigan tushuncha.