Assimilatiya nimani anglatishini bilasizmi

Assimilatiya nimani anglatishini bilasizmi – (lotincha assimilation – o’xshatish, qiyos, tenglashtirish) 1. O’simlik yoki jonivor organizmi faoliyati jarayonida tashqaridan qabul qilingan moddalarning o’zlashishi, singishi, hazm bo’lishi; o’zlashtirilishi, singdirilishi, hazm qilinishi. 2. Bir xalq (yoki uning bir qismi) ning boshqa bir xalq urf-odatlarini, madaniyati va tilini o’zlashtirib, o’z tili, madaniyati va milliy ongini yo’qotishi natijasida o’sha xalqqa qo’shilib ketishi. 3. Bir tovushning boshqa bir tovush ta’sirida o’xshashlik (bir xillik) tomon o’zgarishi. Masalan: oshshi – oshni, tussiz-tuzsiz.

Fikr bildirish