Atmosferaning og’irligi qancha?

Yerni qalin atmosfera qatlami o’rab turadi. Yer atmosferasi 20 ga yaqin gazlardan tarkib topgan. Ulardan asosiysi kislorod va azot gazlaridir. Shuningdek, uning tarkibida suv bug’lari va chang zarralari ham bor.

Havo ham materiyaning boshqa istalgan turi kabi materiyadir va uning o’ziga yarasha og’irligi bor. Vazn predmetga ta’sir etuvchi og’irlik kuchi kattaligidir. Tarozi pallasiga tosh qo’yilganda, posangisi 5 kilogrammni ko’rsatsa, toshga ta’sir ko’rsatayotgan og’irlik kuchi 50 nyutonga teng bo’ladi.

Xuddi shunday yerning tortish kuchi ham atmosferadagi har bir gaz va chang zarrasiga ta’sir etadi. Yer atmosferasining ham juda katta havo okeani sifatida o’z vazni bor. Agar uni siqib, taroziga qo’yish mumkin bo’lganda edi, taxminan 5 171 000 000 000 000 tonna tosh bosar edi. Havo bizni hamma tarafdan bosib turadi. U bizning tanamizni bir tonna yuk bilan bosadi. Tanamiz ko’nikib ketgani uchun ham biz buni sezmaymiz. Atmosfera bosimi dengiz sathida eng yuqori darajada bo’lib, u 1 kv.sm.ga 1 kg.ni tashkil etadi. Dengiz sathi atmosferaning eng quyi qatlami bo’lgani uchun ham bosim u yerda juda yuqoridir. Joylarning balandligi oshishi bilan bosim kamayib boradi. Shuning uchun ham kosmik skafandrlarda, yuqori balandlikda uchadigan samolyotlarning kabinalarida havo bosimini inson tanasi ko’nikkan darajada saqlab turishga harakat qilinadi.