AUDIENSIYA
AUDIENSIYA (lot. audentia – tinglash, quloq solish) — davlat va jamoat arboblari tomonidan chet el diplomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda Audiensiya davlat boshlig’ining diplomatik vakilni qabul qilishidir. Bir davlat vakilining o’z ishonch yorlig’ini yoki chaqirib olish yorlig‗ini topshirishi ham Audiensiyadir. 1815-yil 19-martda Venada diplomatik vakillar to’g’risida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita davlat boshlig’idan Audiensiya surashga faqat muxtor elchi darajasidagi vakilninggina huquqi bor. Muvaqqat ishlar vakili va boshqa darajali diplomatik vakillar Audiensiya haqida shu davlat tashqi ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin.