Chashechka nadkolennaya, tizza kosachasi nima degani
Chashechka nadkolennaya, tizza kosachasi nima degani – son suyagining tashqi do’nglari oldida to’rt boshli mushak payi ostida joylashgan likobcha shaklidagi yassi suyak.

Chashechka nadkolennaya, tizza kosachasi nima degani – son suyagining tashqi do’nglari oldida to’rt boshli mushak payi ostida joylashgan likobcha shaklidagi yassi suyak.
Tserebrasteniya nima degani – asteniyaning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, xotiraning ozgina pasayishi va bosh miya shikastlanishining boshqa belgilari bilan bir vaqtda kechishi; jarohat, infeksiya, intoksikatsiya yoki bosh miya organik kasalligining … Read More
Xalaziya kardii nima degani – oshqozon teshigining kardial kengayishi. Masalan, qizilo’ngach innervasiyasining buzilishi natijasida paydo bo’lib, oshqozon-ichak relyuksiyasiga olib kelishi. Qusish, qizilo’ngach yallig’lanishi belgilari bilan ifodalanadi.
Favus, kal nima degani – surunkali dermatomikoz; bu kasallikni parazitik zamburug’, Trichophyton schonleinii qo’zg’atadi; boshning soch qismi, tirnoqlar, ba’zan ichki a’zolarni zararlaydi.
Uvch-terapiya nima degani – ultrayuqori chastotali terapiya – fizioterapiya usuli; 30 dan 300 mgs gacha bo’lgan elektr magnit to’lqinlari energiyasidan foydalanishga asoslangan.
Teratoma nima degani – organizmning embrional rivojlanishi buzilishidan hosil bo’ladigan o’sma.
Terapiya nima degani – odamdagi turli kasalliklarining sabablari va ularni davolash usullarini o’rganadigan bo’limi.
Terapevt nima degani – ichki a’zolar kasalliklarni tashxislash, davolash, oldini olish bo’yicha maxsus tayyorlangan shifokor-mutaxassis.
Teplootdacha, issiqlik ajratish nima degani – organizmning hayot faoliyati jarayonida tashqi muhitga issiqlik ajratishi.
Temperatura tela, tana harorati nima degani – organizmning issiqlik holatini ifodalaydigan miqdor.