Purpura nima degani
Purpura nima degani – teri va shilliq pardalarda paydo bo’ladigan pushti rang toshma, mayda-mayda qon quyilgan joylar.

Purpura nima degani – teri va shilliq pardalarda paydo bo’ladigan pushti rang toshma, mayda-mayda qon quyilgan joylar.
Pupok, kindik nima degani – chaqaloqlarda kindik tizimchasining qoldig’i tushib ketganidan keyin qoladigan chandiq (tug’ilgandan so’ng 5-7 kuni).
Punktsiya nima degani – kasallikni aniqlash yoki davolash maqsadida to’qimalarni kovak igna (yoki troakar) bilan teshish.
Pulsatsiya nima degani – yurak-qon tomirlar devori va ularga yaqin to’qimalarning yurak qisqarishi natijasida mahalliy to’lqinsimon tebranishi.
Puls nima degani – yurakdan tomirlarga chiqqan qon harakati ta’sirida tomirlar devorining ritm bilan to’lqinsimon tebranishi, kengayib-torayishi.
Pulpit nima degani – tish pulpasining yallig’lanishi.
Pulpa nima degani – 1) tish bo’shlig’ini to’ldirib turadigan yumshoq biriktiruvchi to’qima; 2) taloqning asosiy massasi.
Ptoz nima degani – yuqori qovoqning ko’tarilmasligi, uni ko’tarib turuvchi mushaklar funksiyasining buzilishi oqibatida osilib qolishi.
Psoriaz, qichimalar kasalligi, qichiqli temiratki nima degani – yuqmaydigan vaqti-vaqti bilan kuchayib, zo’rayib turadigan teri kasalligi.
Psixotrop vositalar nima degani – asosan psixikaga ta’sir etadigan dorilar guruhi; ruhiy kasalliklarni davolashda ishlatiladi.