Retsept nima degani
Retsept nima degani – dorixonaga dori tayyorlash va bemorga buyurilgan dorini berish to’g’risida, shuningdek, mazkur dorini qo’llanish tartibi to’g’risida shifokor yozib bergan hujjat.

Retsept nima degani – dorixonaga dori tayyorlash va bemorga buyurilgan dorini berish to’g’risida, shuningdek, mazkur dorini qo’llanish tartibi to’g’risida shifokor yozib bergan hujjat.
Retsessiya nima degani – g’ilaylikni to’g’irlash; jarrohlik operatsiyasi ko’zni harakatga keltiruvchi tashqi mushaklarni kesib, o’rnida orqaga ko’chirib biriktirish.
Ribonukleinovaya kislota (RNK), ribonuklein kislota (RNK) – polimer modda bo’lib, makromolekulasi polinukleotid spiralsimon zanjirlardan iborat. RNK hujayra sitoplazmasi va hujayra yadrosi tarkibiga kiradi.
Ribosim(i) nima degani – hujayra organellasi. Sitoplazmada erkin joylashgan, tarkibida rivosoma RNKsi bo’lgan va sitoplazmadaoqsillar sintezi markazi hisoblnadigan sferik elektron-zich donalar.
Rigidnost, taranglik nima degani – skelet mushaklarining tarang qotib qolishi, keskin kuchayishi va shakl o’zgartiradigan harakatlarga qarshilik ko’rsatishi bilan ifodalanadigan funksional holati.
Rinit nima degani – burun shilliq pardasining yallig’lanishi. Virus infeksiya (o’tkir rinit) yoki allergik reaksiya (allergik rinit) rinit sababi bo’lishi mumkin.
Rinoskleroma nima degani – burun bo’shlig’i shilliq qavatining surunkali yallig’lanishi; natijada shilliq pardada qattiq tugunchalar hosil bo’lib, burun bo’shlig’i yo’llarini toraytirib qo’yadi, so’ng kasallik tomoqqa va hiqildoqqa o’tib, nafas olish … Read More
Seboreya, qazg’oq nima degani – teridagi yog’ bezlari disfunksiyasi (ko’pincha giperfunksiyasi), teri yog’i normal tarkibining o’zgarishi, ba’zan yog’ chiqishining to’xtashi bilan ifodalandigan teri kasalligi. Yuz terisida boshning sochli qismida, ikki … Read More
Sedalishniy nerv, quymich nervi nima degani – umurtqali hayvonlar va odamdagi eng yirik nerv ustuni; orqa miya motoneyronlari o’siqchalari va orqa miya tugunlarining sezuvchi hujayralaridan tashkil topadi.
Sedativ vositalar nima degani – o’simliklar va hayvonlardan olinadigan dorilar guruhi; aqliy va jismoniy ish qobiliyatiga ta’sir etmagan holda tinchlantirish, qo’rquv sezgisini kamaytirish va ruhiy qo’zg’alishni susaytirish xususiyatiga ega.