Otoreya nima degani
Otoreya nima degani – quloq oqmasi, nog’ora pardasidagi perforatsiyalangan teshik orqali nog’ora bo’shlig’idan yiring oqishi.

Otoreya nima degani – quloq oqmasi, nog’ora pardasidagi perforatsiyalangan teshik orqali nog’ora bo’shlig’idan yiring oqishi.
Otomikoz nima degani – tashqi eshituv yo’li terisi va quloq pardasining zamburug’lar bilan zararlanishi.
Pamyat, xotira nima degani – nerv sistemasining asosiy xususiyatlaridan biri; tashqi dunyo voqealari va organizm reaksiyalari to’g’risidagi axborotni uzoq vaqt saqlash, ong hamda xulq-atvor doirasida ko’p marotaba undan foydalanish bilan … Read More
Pandemiya nima degani – epidemiya, bir mamlakat hududida, ba’zan esa jahonning ko’p mamlakatlarida yuqumli kasallik tarqalishi bilan ta’riflanadi.
Panserozit nima degani – barcha seroz pardalar (plevra, qursoq pardasi, perikard)ning bir vaqtda yallig’lanishi. Ko’pincha revmatizm, sil kasalligida, kollagenozlarda kuzatiladi.
Papilloma nima degani – qoplovchi epiteliydan o’sadigan xavfsiz o’sma; so’rg’ichsimon o’sib ketaverish bilan xarakterlanib, atrofidagi o’zgarmagan epiteliy sirtidan chiqib turadi.
Pappatachi lixoradka nima degani – tropik va subtropik mamlakatlarda uchraydigan o’tkir virusli kasallik. Odamga Phleboromus pappatasii chivinlari chaqqanda o’tadi.
Paralich, falaj (shol) nima degani – 1) ixtiyoriy harakatlar qilish qobiliyatining batamom yo’qolishi; 2) nerv sistemasi shikastlanishi tufayli a’zoning biror funksiyasi yo’qolishi yoki faoliyati to’xtashi, mushaklar innervasiyasi buzilishi sabab bo’ladi.
Paraproktit nima degani – to’g’ri ichakni va orqa teshikni o’rab turuvchi kletchatkaning o’tkir yoki nimo’tkir yiringli yallig’lanishi, abssess hosil bo’lishi bilan yoki kamdan-kam flegmona tipida o’tadi.
Paratif (i) nima degani – paratifoz bakteriyalar (salmonella) qo’zg’atadigan ichak infeksiyalar guruhiga kiradigan o’tkir infeksion kasallik ovqat orqali yuqadi. Belgilari qorin tifi belgilariga o’xshaydi.