ZAG’CHAKO’Z

ZAG’CHAKO’Z (Myosotis L.) — govzabondoshlar oilasiga mansub birikki yillik, ba’zan ko’p yillik o’tlar turkumi. Bargi ketma-ket joylashgan. Guli— gajak to’pgul, havorang (chala ochilgani pushti). Changchisi nay ichida. Mevasi— to’rt bo’lakchali … Read More

ZAG’CHA

ZAG’CHA (Corvus monedula) — chumchuqsimonlar turkumining qarg’asimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 30-39 santimetr. Rangi, asosan, qora, bo’yni to’q kulrang. 4 ta kenja turi bor. Yevropa va Osiyoda uchraydi. Zag’cha … Read More

ZAG’IZG’ON

ZAG’IZG’ON, hakka (Pica pica) — chumchuqsimonlar turkumining qarg’asimonlar oilasiga mansub qush. Tanasining uzunligi 45-48 santimetr. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Shimoliy-G’arbiy Afrika, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Janubiy va G’arbiy Sibirda tarqalgan. Zag’izg’on … Read More

ZAQQUM

ZAQQUM, Anchar (Antiaris) — tutdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bir uyli daraxt yoki butalardan iborat. Guli mayda, ko’rimsiz, changchilari kallaksimon to’pgul, urug’chisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar … Read More

ZA’FARON

ZA’FARON (Crocus sativus L.) — sapsarguldoshlarga mansub ko’p yillik o’tsimon tuganak piyozli o’simlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi … Read More

ZAXCHAXONA TIZMASI

ZAXCHAXONA TIZMASI – Qashqadaryo viloyatining shimoli sharqidagi tizma. Hisor tizma tog’larining shimoliy g’arbiy tarmoqlaridan biri. Eng baland joyi 3818 metr. Asosan, Sharq va Janubga yo’nalgan. Janub, Janubiy g’arbiy yon bag’irlari … Read More

ZAXM

ZAXM, lyues, sifilis — barcha a’zo va sistemalarning zararlanishi bilan kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi. Zaxm qadimdan ma’lum. Uning yer yuzida paydo bo’lishi va tarqalishi haqida turli fikr va nazariyalar … Read More

ZAXIRADAGI HARBIYLAR

ZAXIRADAGI HARBIYLAR -harbiy hisobda turuvchi, haqiqiy xizmatni o’tab bo’lgan yoki turli sabablar bilan undan ozod qilingan, ammo jismoniy jihatdan harbiy xizmatni bajara oluvchi va urush davrida qo’shinlar safiga chaqiriluvchi kishilar.

ZAXIRA

ZAXIRA — ehtiyot qilib saqlangan narsalar (oziq-ovqat, pul, buyum, qurol-aslaha va boshqalar). O’rta asrlardan boshlab qo’shin ehtiyojlari uchun g’amlangan narsalar ham Zaxira nomi bilan yuritilgan.

ZAX QOCHIRISH

ZAX QOCHIRISH, yerlarni quritish — tuproqdagi ortiqcha namni chiqarib tashlash; melioratsiyaning bir turi. Zax qochirish tuproqda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay suv, havo, ozuqa va tuz rejimini vujudga keltiradi. … Read More