AVANGARD PARTIYALAR

AVANGARD PARTIYALAR — partiyaning muayyan turi. U yetakchilikka da‘vo qiladi. Avangard partiyalar mamlakatdagi muammolarni hal qila olishi va jamiyatga samarali rahbarlik qila olishidan kelib chiqadi. Odatda, Avangard partiyalar o’z mandatini inqiloblar, to’ntarishlar natijasida oladi va so’ngra, o’z faoliyatini legitimlashtirishga urinadi; davlat tuzilmalari bilan birlashishiga harakat qiladi.