BAHRAYN
BAHRAYN, Bahrayn davlati (Davlat al-Bahrayn) — Janubiy-g’arbiy Osiyoda, Fors qo’ltig’ining Bahrayn orollaridagi davlat (amirlik). Bahrayn tarkibiga 33 orol kiradi, ularning eng kattalari: Bahrayn. Muharrak, Umm Naasan, Havar. Rasmiy tili — Arab tili. Maydoni 695,2 kilometr kvadrat, aholisi 650 ming kishi (1999). Asosiy aholisi arablar. eroniylar, pokistonliklar, hindlar ham yashaydi. Aholining 83% shaharlarda istiqomat qiladi. Islom diniga e’tiqod etadi. Poytaxti — Manama shahri. Davlat tuzumi. Bahrayn — konstitutsiyaviy monarxiya. Davlat boshlig’i — Amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Amir va bir palatali Milliy Kengash (parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. 1973 yil mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilingan. 1973 — 75 yillarda Konstitutsiyaga muvofiq Milliy Assambleya (parlament) chaqirildi, biroq u 1975 yilda amirning farmoni bilan tarqatib yuborildi. 1992 yilda 40 kishidan iborat Maslaxdg Kengashi tuzilganligi e’lon qilindi. Uning vazifasi — qonun loyihalari va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining turli sohalari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kengash tarkibini Amir belgilaydi. Tabiati. Orollar hududi pasttekislikdan iborat, uning balandligi 135 metga yetadi. Neft, tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik iqlimga yaqin. Yanvar oyining o’rtacha harorati 16°, iyul oyining o’rtacha harorati 37°. Yiliga 90 millimetrga yaqin yog’in yog’adi. Tropik saxgyular ko’p joyni eg’allagan. Tarixi. Bahrayn nomi miloddan avvalgi 3-ming yilliklardagi manbalarda tilga olinadi. U o’zining marvarid-durlari bilan mashhur bo’lgan. 1521 yil Portugaliya mustamlakachilari tomonidan bosib olingunga qadar Bahrayn 8 asr mobaynida mustaqil Arab musulmon davlati bo’lgan. Portugallar bu yerda uzoq tura olmadilar. 1602 — 1783 yillarda Bahrayn Eron hukmronligida bo’ldi. 1820 yil va 1861 yildagi Britaniya — Bahrayn bitimlaridan so’ng, u Britaniya imperiyasi izmiga o’tdi, ya’ni uning mustamlakasiga aylandi. 1971 yilda mustaqillikka erishdi. 1971 yildan BMT a’zosi. O’zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil mayda o’rnatgan. Milliy bayrami — 16 dekabr— Milliy kun (1971 yil). Siyosiy tashkilotlari. Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarning faoliyati taqiqlangan. Yashirin tarzda Bahrayn milliy ozodlik fronti (1959 yilda tuzilgan) va Bahrayn xalq fronti (1975) harakat qilmoqda. Xo’jaligi. Iqtisodiyotning asosini neft va gaz zaxiralari tashkil qiladi. Mamlakatda har yili 2-2,5 million tonna neft va 6 milliard kub metrgacha tabiiy gaz qazib olinadi. Davlat byudjeti daromadining 70% ga yaqini neft tufayli ta’minlanadi. Mamlakatda yiliga 14 million tonna neft mahsulotlarini qayta ishlaydigan zavod va yirik neft kimyosi kombinati (asosan, Saudiya Arabistoni nefti hisobiga ishlaydi), yiliga 200 ming tonna alyuminiy ishlab chiqaradigan zavod, dunyodagi eng katta kema ta’mirlash korxonalaridan biri, 11 elektr stansiya ishlab turibdi. 100 ga yaqin mayda va o’rta yengil sanoat va hunarmandchilik korxonalari bor. Konditsionerlar yig’iladigan, plastmassa buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, dengiz suvi chuchuklashtiriladigan korxonalar mavjud. Asosiy sanoat markazlari: Manama, Muharrak, Xidd. Qishloq xo’jaligi juda rivojlangan. Yalpi milliy mahsulotning 1% uning hissasiga to’g’ri keladi. Xurmo. pista, moyli ekinlar, anjir, tsitrus mevalar, uzum yetishtiriladi. Oziq ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab, asosan, chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qondiriladi. Dengiz hayvonlarini ovlash va marvarid qidirish rivojlangan. Keyingi yillarda byudjet tushumlarini ko’paytirish maqsadida sayyohlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Chetga neft mahsulotlari, alyuminiy, neft kimyosi mahsulotlari chiqariladi; chetdan sanoat va qishloq xo’jalik asbob-uskunalari, transport vositalari, sanoat mollari, oziq-ovqat mahsulotlari keltiriladi. Avtomobil yo’llari aholi yashaydigan manzillarni bir-biri bilan bog’laydi. Ularning uzunligi 2,6 ming kilometr. Muharrak orolida xalqaro aeroport mavjud. Asosiy dengiz portlari — Manama, Sitra. Tashqi savdoda asosiy mijozlari — Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Avstraliya. Pul birligi — Bahrayn dinori. Madaniyati. Bahraynda 6 yillik boshlang’ich, 2 yillik oraliq va 3 yillik o’rta umumiy ta’lim va hunar maktablari bor. Diniy maktablar ham ishlab turibdi. Arab tilida «Al-ayyom» («kunlar»), «Axbor al-Xolij» («Ko’rfaz yangiliklari»), «Al-jamohir» («Jamoa»), «Al-Fajr» («Tong») gazetalari, «Al-Bahrayn» («Bahrayn»), «Sado al-Usbua» («Hafta aks sadosi») jurnallari nashr etiladi. 1976 yilda Fors qo’ltig’i mamlakatlari mintaqaviy axborot agentligi tashkil etilgan. 1955 yildan radiostya Arab tilida yeshittirishlar olib boradi; 1973 yildan teleko’rsatuvlar yo’lga qo’yilgan. Bahraynda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviatsiya kompaniyasining vakolatxonasi mavjud. O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi bilan tadbirkor xotin-qizlar uyushmasining delegatsiyasi 1992 yil may oyida Manamadagi har yilgi xayriya yarmarkasida qatnashdi. U yerda o’zbek ustalarining san’at va rangtasvir asarlari namoyish qilindi. Tashrif chog’ida O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi bilan Bahrayn Ona va bola uyushmasi o’rtasida hamkorlik o’rnatish haqida qo’shma bayonnoma imzolandi. 1997 yil 17 — 22 Fevral kunlari Bahrayn neft va sanoat vazirlign delegatsiyasi Toshkentda mehmon bo’lib, O’zbekistonning iqtisodiy va eksportimport imkoniyatlari bilan tanishdi.