Bakovul
Bakovul-turli davrda turli xil ma’nolarni anglatgan. 1. XVI-XIX asrlarda belgilangan joylarda savdogarlarning tamg’a, ya’ni boj solig’ini to’lab o’tishlari ustidan nazorat qilib turgan kichik mansabdagi harbiy xizmatchi; 2. XV asrdan boshlab podsho, xon va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat qilib turuvchi harbiy mansabdor. Lashkarga maosh va ulufa, ya’ni oziq-ovqat taqsimlash ham bakovullar zimmasiga yuklatilgan. Ular bovurchilardan bir daraja yuqori hisoblangan; 3. XVIII-XIX asrlarda va XX asrning birinchi choragida hozirgi Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida to’ylarda taom tayyorlovchi pasanda ham bakovul deb atalgan. Pazandalar ustidan nazorat qilib turuvchi shaxs esa bakovulboshi deb atalgan; 4. Hozirgi kunda respublikamizning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida to’ylarda kurash, uloq (ko’pkari), poyga musobaqalarini boshqaruvchilar hamda to’ylarda taom tayyorlash ustidan nazorat qiluvchi kishilarni ham bakovul deb atashadi.