BAQACHINORSOY

BAQACHINORSOY (Kalqonotasoy) -Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi soy. Koratog’ning Janub yon bag’ridan 850 metr balandlikdan boshlanadi va Zarafshon daryosiga yetmasdan, Qalqonota qishlog’i yonida tugaydi. Uzunligi 28 kilometr, havzasining maydoni 142 kilometr kvadrat. Baqachinorsoy juda kamsuv, asosan buloq suvlaridan tuyinadi, faqat yog’ingarchilik paytlarida to’libroq oqadi. Bahorda Baqachinorsoydan ko’pincha sel keladi. Eng yirik irmog’i Bironsoy.