BAQO VA FANO

BAQO VA FANO (Arabcha, baqo – boqiylik, barqarorlik; fano — foniylik, yo’qolish, o’tkinchilik) — o’rta asr Sharq falsafasidagi tushuncha. Cheksizlik va cheklilik ma’nosida qo’llanilgan. Islom dinida baqo — Alloh sifatlaridan biri. Baqo — barcha yaxshi sifatlarni o’zida mujassam qilish deb ham tushuniladi. Fano — o’zidagi barcha yomon sifatlarni yo’q qilish yo’li bilan Allohga yaqinlik hosil qilishlikdir. Sufiylikda fano maqomiga yetgach solik Allohning haqdigi va ulug’ligi to’g’risidagi fikru zikrga g’arq bo’lib, bu foniy dunyodagi jamiki narsalarni unutib yuboradi. Bu maqom «fano filloh» deb ataladi.