BERDAQ

BERDAQ (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg’aboy o’g’li) (1827— Mo’ynoq tumani—1900)—shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi. Avval ovul maktabida, so’ng madrasada tahsil ko’rgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxo’ja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan o’rgangan. U tarixni va xalq og’zaki ijodini yaxshi bilgan. Berdaqning lirik she’rlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18— 19-asrlardagi ijtimoiy Hasti o’z ifodasini topgan. U o’z davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g’oyalari ilgari suriladi. Berdaq ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir («Bo’lgan emas», «Soliq», «Bu yil», «Umrim» va boshqalar). Shoir haqiqat uchun, mehnatkash ommaning baxti va kelajagi uchuy fidokor kurashchilarni orzu qiladi («Xalq uchun», «Menga kerak» va boshqalar). Tarixni mavzudagi «Avlodlar», «Omongeldi», «Azadosbiy», «Ernazarbiy» asarlarida shoir xalq qaxramonlaripi faxr bilan kuylaydi. Berdaqning «Avlodlar» asari tarixiy voqealar solnomasi bo’lib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. Berdaq ba’zi ta’magir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi («Yaxshiroq», «Shekilli» va boshqalar), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni Vatanni sevishga, ma’rifat cho’qqilarini egallashga chaqiradi («O’g’limga», «Ahmoq bo’lma» va boshqalar). She’riy mushohadalari va hayotga qarashlarida Berdaq mehnatkashlarning Baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida o’ylar ekan, Allohdan madad so’raydi («Yordam ber»), baxt haqida fikr yuritadi («Izladim»), Odil podshoni orzu qiladi («Kerak»), Baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi. Berdaq ijodi xalq og’zaki adabiyoti an’analariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining g’oyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqolpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning ko’pgina asarlari o’zbek va b. xalqlar tillariga tarjima qilingan. O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda Berdaq tavalludining 170 yilligi keng nishonlandi (1998). Toshkent shahridagi xiyobonlardan biriga Berdaq nomi berildi va byusti o’rnatildi. Shoir tugilgan joy — Bo’zatovda ham byusti o’rnatilgan (1998). Nukus shahrida Berdaqga haykal qo’yilgan, musiqali drama teatri, ko’cha va maktabga Berdaq nomi berilgan. As: Tanglauli shig’armalari, Nokis. 1956; tanlangan she’rlar, T., 1958; She’rlar, T., 1976. Ad:. Qurbonboev B., Berdaq va o’zbek adabiyoti, T., 1986.