BERDIYOR MASXARA

BERDIYOR MASXARA (Diyorov Berdiyor) (1884—Shahrisabz tumani Chopiq qishlog’i—1967) — o’zbek xalq an’anaviy teatr aktyori. Mizrob masxaraning shogirdi. Repertuarida 40 ga yaqin og’zaki hajviya, muqallid, hajviy qo’shiq va o’yinlar bo’lgan. «Eshoni rais», «Bo’z do’koni», «Juvozkash», «O’g’irlik», «Sartarosh», «Еegirmonchi» va boshqalar shular jumlasidan. Berdiyor masxara qahramonlar xulq atvorini bo’rttirib ko’rsatgan, hajviy vaziyatga tezda kirishib, qahramon qiyofasi va holatini bsrilib ifodalash qobiliyatiga ega bo’lgan. Hajviy obrazlar Berdiyor masxara ijodida alohida o’rin tutadi.