Betonlash (beton yotqizish)
Betonlash (beton yotqizish) – aralashmani qabul qilish bilan boshlanadigan va beton mustahkamlikka ega bo’lishi bilan yakunlanadigan texnologiya. Bu qat’iy ketma-ketlikda amalga oshiriladigan tadbirlar, harakatlar majmui. Masalan: bosimsiz betonlash, qolipsiz betonlash, qish mavsumida betonlash, suv ostida betonlash, qatlamlab betonlash, issiq holatda betonlash, sovuq holatda betonlash, yo’laklarni betonlash, choklarni betonlash va hokazolar.