BIATLON

BIATLON (bi… va Yunoncha athlon— musobaqa)—qishki sport turi, chang’ida yugurish va ma’lum marralarga kelib miltikdan otish, ya’ni ikki marta (chang’i poygasi va otishda) musobaqalashish. Biatlon 17-asr 70 yillarida Norvegiyada paydo bo’ldi. 1718 yil Shvetsiya Norvegiya urushida jang maydonida to’liq qurollangan Biatlonchilar bo’lgan. Haligacha Norvegiyaning Lillexamer shahri gerbida o’qchi chang’ichining tasviri bor. Biatlon ko’p vaqtgacha «harbiylar sporti» hisoblab kelingan. 1948 yilda Xalqaro zamonaviy beshkurash va Biatlon uyushmasi (UIPMB) tuzildi, unga 70 dan ortiq mamlakat a’zo (1991). 1958 yildan jahon chempionligi uchun musobaqalar o’tkaziladi, 1960 yildan qishki Olimpiya o’yinlari dasturiga kiritilgan. 1984 yildan (Frantsiya) ayollar o’rtasida jahon chempionati o’tkaziladi.