BIOGEN STIMULYATORLAR
BIOGEN STIMULYATORLAR, biologik stimulyatorlar — muayyan sharoitda hayvonlar va o’simliklar to’qimalarida hosil bo’ladigan va biologik faollik xususiyatiga ega bo’lgan moddalar. Biogen stimulyatorlar tug’risidagi ta’limot ilk bor V. P. Filatov (1875— 1956) tomonidan ishlab chiqilgan. Biogen stimulyatorlar organizm funktsiyalarini tezlashtiradi. Biogen stimulyatorlarli preparatlar o’simliklar (aloe bargi ivitmasi) va hayvonlar to’qimalaridan turli xil omillar (sovitish, qorong’i joyda saqlash va boshqalar) ta’sir etishi orqali, shuningdek mikroflora va mikrofauna qoldiklariga ega bo’lgan torfdan hamda balchikdan tayyorlanadi. Biogen stimulyatorlardan tibbiyotda har xil kasalliklar (tez bitmaydigan yaralar, yallig’lanish jarayonlari, ko’z kasalliklari, ekzema, suyak sinishi, endometritlar, mastit va boshqalar) ni davolashda, chorvachilikda yosh mollarning o’sishini tezlashtirish, pushtini ko’paytirish va mahsuldorligini oshirishda foydalaniladi. Bunda suyuq preparatlar in’ektsiya qilinadi yoki ichiriladi. Implantasiya maqsadlarida quruq preparatlar (hayvonlar embrioni, talog’i, jigari va buyrak usti bezidan tayyorlanadigan quruq biostimulyatorlar), dorogoe antiseptik stimulyatori, yilqilar qon zardobi (SJK), hayvonlarning konserva qilingan koni va uning ekstrakti (DZK), asidofil bulon kulturasi (ABK) va boshqa ishlatiladi.